La Liga 22-turida "Real Madrid" va "Espanol" klublari oʻrtasidagi bahsni boshqargan hakamlar vaqtinchalik ishdan chetlatildi.
"AS" nashrining xabar berishicha, bugun tongda Ispaniyaning birinchi va ikkinchi divizion hakamlari Texnik hakamlar qoʻmitasi rahbariyati bilan uchrashdi. Qoʻmita prezidenti Luis Medina Kantalexo oʻtgan dam olish kunlari hakamlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatolardan qattiq gʻazablanganini bildirdi.
Bundan tashqari, u oʻnta hakamni vaqtincha ishdan chetlatgani haqida e'lon qildi. Ular orasida "Espanol" – "Real" uchrashuvining bosh hakami Alexandro Muniz Ruiz va uning videoassistenti Xaviyer Iglesias Villanuyeva ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar