12:05 / 06.02.2025
412

Bahodir Jalolov Kanadadagi jangi nega bekor qilinganini aytdi (video)

Bahodir Jalolov Kanadadagi jangi nega bekor qilinganini aytdi (video)
Oʻzbekistonlik bokschi Bahodir Jalolovning bugun, 6 fevral kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan jangi bekor qilindi. Bu haqda bokschining oʻzi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma'lum qildi.

Kanadaning Monreal shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Unda superogʻir vazn toifasida oʻzbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov fransiyalik Devid Spilmontga qarshi ringga koʻtarilishi kerak edi. Afsuski, shifokorlar oʻzbekistonlik sportchiga jang qilish uchun ruxsat bermadi.

“Jang bekor boʻldi. Arzimagan uchuq sabab, jang bekor qilindi. Raqib ham, men ham jang qilishni xohladik. Afsuski, komissiya ruxsat bermadi. Bu holat menda yoshlikdan mavjud. Biror davlatga uchsam yoki havo almashtirsam shunaqa boʻladi”, deydi ikki karra Olimpiada oltin medali sohibi.

Jalolov shu kunlarda AQShning Indio shahrida mazkur jang uchun tayyorgarlik koʻrayotgan edi.

Ma'lumot oʻrnida, Jalolov professional faoliyatida 14 ta jang oʻtkazgan va barchasida nokaut evaziga gʻalaba qozongan. Uning soʻnggi jangi 2023 yilda Toshkentda oʻtkazilgan boks oqshomida Janubiy Afrika vakili Kris Tompsonni birinchi raundning oʻzida magʻlub etgandi. Spilmont esa oxirgi jangini 2024 yilda oʻtkazgan va oʻshanda Artem Charniakevichni 4-raundda nokautga uchratgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport