19:51 / 06.02.2025
33

Timur Kapadze: Gvardiola Abduqodir Husanovni tezda "olovga tashladi"

Timur Kapadze: Gvardiola Abduqodir Husanovni tezda "olovga tashladi"
Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze "Futbol TV"ning "Gol" koʻrsatuvida mehmon boʻldi va "Manchester Siti"ga oʻtgan Abduqodir Husanov haqida oʻz fikrlarini bildirdi, deb xabar qilmoqda Sports.uz nashri.

"Abuqodir uchun juda xursand boʻldik. Bu oʻz-oʻzidan emas. Abduqodir oʻz harakatlari bilan, mehnati bilan bunga erishdi. "Manchester Siti" kabi jamoalar koʻz yumib futbolchi olmaydi. Ular kuzatadi, qaraydi, futbolchining potentsialini koʻradi. Bunaqa kuchli jamoa, top murabbiy - Gvardiola Husanovni chaqirgani odamni xursand qiladi.

Bunaqa tezda debyut boʻlishini hech kim kutmagandi. Chunki klubga moslashish, har xil vaziyatlarga duch kelinadi. Koʻrganingizdek, Gvardiola tezda "olovga tashladi". Birinchi imtihon darsidayoq asosiy tarkibda tushirdi. Ha, boshida biroz xato qildi. Koʻrib turibsiz, ancha tajribali futbolchilar ham xato qilmoqda. Ammo Abduqodir qaytishga kuch topa oldi va vaziyatdan chiqib ketdi", - dedi Kapadze.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport