![Husanov «Manchester Siti»ning EChL pley-off oʻyinlari uchun qaydnomasiga kiritildi](/uploads/posts/2025-02/ac3d623d09_i.webp)
Pep Gvardiola mavsumning ikkinchi qismidagi yevrokubok oʻyinlari uchun Abduqodir Husanovni ham «zayavka»dan oʻtkazgan. Shuningdek, yangi oʻyinchilardan Omar Marmush va Niko Gonsales ham UYeFAga topshirilgan roʻyxatdan joy oldi. Qishki transferlardan Vitor Reys va Klaudio Echchiveri esa bu tarkibga kiritilmadi. Jarohatidan tuzalmagan Rodri ham roʻyxatga qoʻshilgan.
Shu tariqa, Abduqodir Husanov «Siti»ning «Real»ga qarshi 11 fevral kungi oʻtish oʻyinida maydonga tushish imkoniyatiga ega boʻladi. Javob uchrashuvi 19 fevralda Madridda boʻlib oʻtadi.
«Manchester Siti»ning EChL pley-off oʻyinlari uchun 23 oʻyinchidan iborat qaydnomasi:
Darvozabonlar: Ederson, Stefan Ortega, Skott Karson.
Himoyachilar: Manuel Akanji, Natan Ake, Ruben Dias, Jon Stouns, Abduqodir Husanov, Yoshko Gvardiol.
Yarimhimoyachilar: Niko, Ilkay Gundoʻgʻan, Jek Grilish, Kevin De Bryuyne, Bernardo, Rodri, Kovachich, Nunes, Jeyms Makati, Foden, Doku, Savino.
Hujumchilar: Erling Holand, Omar Marmush. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar