Xabaringiz bor, "Manchester Siti" Angliya kubogi doirasida "Leyton Oriyent" bilan bahs olib borib, kambek amalga oshirgan holda, keyingi bosqichga yoʻl oldi. Uchrashuv 2:1 hisobida "shaharliklar" foydasiga yakunlandi.
Mazkur bellashuvning ikkinchi boʻlimida milliy terma jamoamiz a'zosi hisoblangan Abduqodir Husanov Vitor Reys oʻrniga zaxiradan oʻyinga qoʻshildi.
20 yoshli futbolchimiz toʻqnashuv davomida 2 bora toʻpni olib qoʻyib tozalagan boʻlsa, 1 marta zarbaga blok qoʻydi. Oʻyin davomida 57 bora toʻpga teginib, 48 ta pas berishga muvaffaq boʻldi. Ularning 45 tasi jamoadoshlariga aniq etib bordi. Uzoq masofaga esa 1 marta toʻpni uzatdi, u ham boʻlsa sherigiga aniq bordi.
Ikkinchi qavatdagi kurashlarning 2 tasidan 1 tasida gʻalaba qozonishga ham muvaffaq boʻldi. 49 daqiqa davomida hamyurtimiz 4 bora toʻpni yoʻqotishga ham ulgurib, 1 bora raqiblariga nisbatan qoidani buzdi. "Sofascore" portali milliy terma jamoamiz himoyachisining ushbu harakatlarini 7.8 ballga loyiq koʻrdi.
Ma'lumot oʻrnida, Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" navbatdagi bellashuvini 11 fevral kuni Madridning "Real" klubiga qarshi oʻtkazadi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start olishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar