![Muxlislarni talabi: Husanov, “Real”ga qarshi oʻynasin!](/uploads/posts/2025-02/9bde108133_800x450_orig.webp)
Qishki transferlar davrida, aniqrogʻi 20 yanvar kuni “Lans”dan “Manchester Siti”ga transfer qilingan Abduqodir Husanov yangi jamoasi safida ikkita musobaqada debyut qilib ulgurdi.
Angliya Premer-ligasidagi ilk uchrashuvini “Chelsi”ga qarshi oʻtkazgan hamyurtimizni bosh murabbiy Xosep Gvardiola Angliya kubogi 1/16 finalida “Leyton Oriyent” klubiga qarshi ikkinchi boʻlimda maydonga tushirdi.
Husanov bu bahsda jamoaga ancha moslashib qolgani, birinchi uchrashuvdagi xatolaridan keyin oʻziga ishonchini yoʻqotib qoʻymagani, imkoniyat berilsa, oʻzini koʻrsata olishini isbotladi.
Tajribali Jon Stounz bilan oʻyinning ikkinchi yarmida himoya markazini mustahkam ushlagan legionerimiz 56-daqiqada gol urib, jamoasi oʻyinida burilish yasadi.
“Manchester Siti” qiyin oʻtgan uchrashuvda 2:1 hisobida zafar quchib, keyingi bosqichga yoʻllanma oldi.
Endi “shaharliklar”ni oʻta qiyin bahs kutib turibdi. Manchesterliklar UYeFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichi oʻtish oʻyinida eng nufuzli musobaqaning amaldagi gʻolibi “Real” bilan kuch sinashadi.
Jamoaning butun dunyo boʻylab yoyilgan muxlislari Abduqodir Husanov haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirar ekan, oʻzbek futbolchisiga Chempionlar ligasida ham ishonch bildirish kerakligini talab qilmoqda.
Sports.uz portali futbol ishqibozlari e'tiboriga legionerimiz haqida “Manchester Siti”ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida bildirilayotgan fikr-mulohazalarni havola etadi.
Sydney Wise:
Abduqodir Husanov himoyada mustahkam oʻynadi, oldingi chiziqda ham!
Joseph Methu:
Husanov Jek Grilishdan kuchli ekan.
Langat Feliki Felix:
Shu oʻyinchi jamoamizga kelganidan xursandmiz!
Timmy Joel:
Bu futbolchi haqiqatan ham xatosini xotiramizdan oʻchirib tashladi.
Nuru Adamu Adamu:
Husanovni yangi jamoadagi birinchi goli bilan tabriklaymiz.
Luke Taylor:
Bizga juda yaxshi oʻyinchi kelibdi!
Kiting Nasution:
Bu oʻyinchi vaqtida keldi. Jamoa oyoqqa turadigan davr boshlandi.
Man Junior:
Husanov haqiqatan foydali va yaxshi oʻyinchi ekaniga ishondim.
Ãrçhxéń Thé Míńd Véx:
Husanovga maydonda koʻproq vaqt berish kerak, chunki yaxshi oʻyinchi ekan.
Engkima Chawngthu:
Abduqodirning salohiyati bor ekan, boshqa oʻyin va musobaqalarda undan koʻproq foydalanish shart.
Khaya Prince Maseko:
Juda muhim golni urdi.
Faby Andriamanarintsoa:
Husanovni tabriklayman. Barchamiz Abduqodir “Real”ga qarshi asosiy tarkibda oʻynashini istaymiz. Unga imkon bering!
Raftöñé Kartël:
Oʻziga ishonchi baland ekan! Balli!
Cabdi Qaasim Karaama:
Endi men unga ishonaman, yaxshi himoyachi ekan.
Chimwemwe Msiska:
Husanov zoʻr! Jamoa himoyasi ishonchli qoʻllarda ekan. Marmush ham tez orada gol urishni boshlab yuboradi. Ular yordamida Evropa Chempionlar ligasida gʻolib chiqsak, bu mavsum biz uchun eng zoʻri boʻladi.
Valerie Constantino:
Husanov jamoamizning boʻlajak sardori. Avvalroq, gol urishini aytgandim. Shunday boʻldi. Bu oʻyinchi menga yoqdi.
John David:
Yaxshi oʻyinchi ekan, mehnatkash, kamtarin. Endi himoya chizigʻida bironta tanbal oʻyinchi qolmaydi. Husanov hali yana oʻzini koʻrsatadi va koʻtariladi.
Wasafi Bwoy Hanz:
Yangi olinganlardan eng yoqqani Husanov boʻldi.
Imkosi Odoi:
Husanov, “Manchester Siti”ga xush kelibsan!
Eslatib oʻtamiz, “Manchester Siti” futbolchilari “Real”ga qarshi birinchi uchrashuvni 11 fevral kuni oʻz maydonida oʻtkazadi. Madriddagi javob bahsi 19 fevralga belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar