![Xosep Gvardiola: “Real”ga qarshi qanday oʻynashimiz kerakligini bilaman!](/uploads/posts/2025-02/0be7c05cc8_skysports-manchester-city-pep-guardiola_4862529.webp)
Xabaringiz bor, UYeFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichi doirasida “Manchester Siti” Madridning “Real” klubi bilan kuch sinashadi. Ispaniyalik mutaxassis hisoblangan Xosep Gvardiola mazkur toʻqnashuvdan avval matbuot anjumanida ishtirok etib, oʻyin va raqib haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Biz soʻnggi oylarda unchalik yaxshi oʻyin koʻrsata olmadik. Shu sababli, hozirgi oʻrnimizga loyiqmiz. Qur'a qanday boʻlsa, shunday qabul qilamiz va bu sinovga tayyormiz.
Soʻnggi yillarda “Real Madrid” bilan bizning bahsimiz juda katta raqobatga aylanib ketdi. Biroq, tarix nuqtai nazaridan bizni taqqoslab boʻlmaydi, ochigʻi. Shunday boʻlsa ham, oxirgi oʻn yillikda biz yuqori darajada boʻldik, deb ayta olaman.
Ular hozirgi kunda liga etakchisi va “Atletiko” hamda “Barselona” bilan chempionlik uchun kurashmoqda. Ularni magʻlub etish uchun biz ikkita yaxshi oʻyin oʻtkazishimiz talab qilinadi.
Albatta, biz yaxshi oʻynashimiz mumkin, lekin oldingi yillardagidek barqaror emasmiz. Ammo soʻnggi oʻn yil davomida juda yaxshi oʻyin koʻrsatgan futbolchilarga ishonchim balandligini inkor etolmayman.
Madridliklarning hujumchilari juda kuchli. Ular qisqa va uzoq uzatmalar bilan oʻynay olishadi, shuning uchun biz oʻz oʻyinimizga majburlashimiz kerak.
Chempionlar ligasining guruh bosqichida 24 jamoa ichida 22-oʻrinda tugatsangiz, hech qanday imtiyoz talab qila olmaysiz. Kuchli sakkizlikka yaqinlashish uchun etarli ochko toʻplay olmadik. Biz bunga loyiq edik. Ammo jamoamizda oʻziga xos narsa bor. Umid qilamizki, ertaga muvaffaqiyatga erishamiz.
Albatta, javob uchrashuvini uy maydonida, oʻz muxlislaring oldida oʻtkazgan yaxshiroq. Lekin biz bunga loyiq boʻlmadik.
Agar “qirollik klubi”ni yutsak, bu mavsumning qolgan qismi uchun katta turtki boʻladi. Qanday oʻynashimiz kerakligini bilaman. Shu bilan birga, futbolchilarim ertangi oʻyinga intizorlik bilan tayyorgarlik koʻrishmoqda”, – dedi “shaharliklar” bosh murabbiyi.
Ma'lumot oʻrnida, “Manchester Siti” va “Real Madrid” klubi oʻrtasidagi bellashuv 11 fevraldan 12 fevralga oʻtar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar