date
views 5 966

Dani Alves: «Barselona»dan ketishim haqida safsata tarqatmang, o‘zim aytaman

Dani Alves: «Barselona»dan ketishim haqida safsata tarqatmang, o‘zim aytaman

«Barselona» himoyachisi Daniel Alves mavsum oxirida jamoadan ketishi haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi.

«Siz bu gaplarga rostan ham ishonasizmi? Men odamlarning gaplaridan biroz charchadim. Men «Barselona»ni yaxshi ko‘raman va shu erda o‘ynashda davom etishni istayman.

Jamoadan ketish vaqti kelsa, o‘zim bu haqida aytaman. Xabar tarqatishda boshqalarning yordamiga muhtoj emasman», - deydi Alves.

Eslatib o‘tamiz, Marsa nashri ikki kun muqaddam Dani Alves «PSJ» bilan uch yillik shartnoma imzolagani va yiliga 9 million evro maosh olishini xabar qilgan edi.

Manba: www.uff.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dani Alves: «Barselona»dan ketishim haqida safsata tarqatmang, o‘zim aytaman