date
views 81 394

Jahon chempioni Abduqodir Husanovni "qonxo‘r" deb atadi

Jahon chempioni Abduqodir Husanovni "qonxo‘r" deb atadi
"Arsenal", "Barselona", "Chelsi" va Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Emmanuel Piti "Manchester Siti"ning yangi futbolchisi, o‘zbekistonlik Abduqodir Husanovning debyut goliga baho berdi, deb xabar beradi Vesti.kz.

Piti Xusanovning o‘yinini hali "Lans" safida bo‘lganida kuzatgan va uning uslubi hamda fazilatlari bilan tanish.

"Abduqodir juda tezkor, qattiqqo‘l va kurashlarda kuchli. U hujumchilar uchun haqiqiy dahshat.

Uning kuchli jihatlari – jismoniy kurash, harakatni tushunish va tezlik. Bu yigit maydonda raqiblarini bosib tashlamoqchi bo‘ladi! Chunki u kambag‘al mamlakatdan, oddiy hududdan chiqqan," – deydi Piti MEN nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, 1998 yilgi jahon chempioni "Siti" Husanov haqida "Chelsi"ga qarshi emas, balki "Leyton Oriyent"ga qarshi o‘yinga qarab xulosa chiqarishi kerakligini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Husanov Angliya Kubogida "Leyton Oriyent"ga qarshi uchrashuvda ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi va 11 daqiqa o‘tib o‘zining ilk golini urdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahon chempioni Abduqodir Husanovni "qonxo‘r" deb atadi