![Abduqodir Husanov armon boʻlib qolgan ekan...](/uploads/posts/2025-02/d0e4c2104f_67a7691b15dd1130615880.webp)
“Manchester Siti”dagi faoliyatini boshlab olgan Abduqodir Husanovning nomi turli axborotlarda juda koʻp yangrayapti.
Xususan, Rossiya Premer-ligasi debyutanti “Akron” jamoasini boshqarayotgan Zaur Tedeyev matchtv.ru saytiga bergan intervyusida “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov va Oʻzbekiston futbolining yutuqlari haqida ham toʻxtalib oʻtdi.
Sports.uz portali oʻzbekistonlik futbol ishqibozlari e'tiboriga ushbu mutaxassisning oʻzbek futboliga tegishli fikrlarini havola etadi.
- Koʻz oldimda ajoyib misol – Anatoliy Yurevichning “Energetik-BU”da mukammal markaziy himoyachi – Abduqodir Husanovni tayyorlay olgani gavdalanadi.
Hozir bu yigit “Manchester Siti”da oʻynayapti. Aytishim kerakki, “Alaniya”ni boshqarganimda Husanovni bu jamoaga olmoqchi boʻlganman.
Abduqodirni ancha oldin koʻrganimda, mana shu oʻyinchi menga kerak boʻladi, degan fikrga kelgandim. Boʻlajak Virjil van Deyk etishib chiqyapti, deganim sal xato boʻlgan ekan.
“Akron”ga kelganimda esa, Husanov “Lans”ga oʻtib boʻlgandi. U erdan bu himoyachini olish shunchaki imkonsiz ish edi...
Hozir Oʻzbekistonda tarbiyalanayotgan oʻyinchilar darajasini Rossiyada ham koʻrishni istardim. Rossiyada ham 20 yosh atrofida juda kuchli markaziy himoyachilar boʻlishini xohlayman. Bizga aynan mana shu narsa etishmayapti, deb oʻylayman.
Agar bu masalaga jiddiy e'tibor qaratadigan boʻlsak, bizda ham ana shunday yuqori darajadagi futbolchilar paydo boʻladi, - dedi Zaur Tedeyev.
Ta'kidlash joizki, Abduqodir Husanov joriy yilning 20 yanvar kuni “Manchester Siti” futbolchisiga aylanganidan keyin Rossiya futbol jamoatchiligi milliy futboldagi agentlar, selektsionerlar, sport direktorlari va oʻyinchilarni tanlashga mas'ul mutaxassislarni oʻzbek futbolchisidek yorqin iste'dodlarni oʻz vaqtida payqay olmaganini malomat qilishdi.
Xususan, Abduqodir Husanov futbol sir-asrorlarini “Bunyodkor”da oʻrganganidan keyin Belarusga yoʻl olgan. Hamyurtimiz 18 yoshga toʻlgunicha “Energetik-BGU” mashgʻulotlarida shunchaki qatnashib yurgan.
“Energetik-BGU” bilan ilk professional shartnomasini 2022 yili tuzgan futbolchi bir yildan keyin Fransiyaning oʻsha paytdagi vitse-chempioni “Lans”ga oʻtib ketdi.
Fransiyadagi bir yarim yillik faoliyati davomida Evropaning eng kuchli himoyachilaridan biriga aylangan 20 yoshli legionerimizni olish uchun “Manchester Siti” bonuslar bilan jami 50 million yevro xarajat qilishga koʻngani haqiqiy shov-shuv boʻldi.
Hozir Zaur Tedeyev qoʻl ostida boshqa oʻzbek futbolchisi – Sherzod Esanov toʻp tepmoqda. 21 yoshli markaziy yarim himoyachimiz oʻtgan yili yozda “Andijon”dan “Akron”ga koʻchib oʻtdi.
Sherzod Tolyatti shahri jamoasi safida Rossiya Premer-ligasida va mamlakat kubogida olti marotabadan, jami 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar