![Sobiq himoyachi "Manchester Siti"ning nozik tomonini aytdi](/uploads/posts/2025-02/9172d00e97_0_gettyimages-1483235233.webp)
"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "Manchester Siti" darvozaboni Edersonning Evropa Chempionlar ligasi doirasida boʻlib oʻtgan "Real" klubiga qarshi oʻyindagi oʻyini haqida fikr bildirdi.
- "Manchester Siti"ga yangi darvozabon kerak. Edersonning oʻyini bir necha mavsum jamoaga natija keltirdi. U jamoa uchun muhim futbolchilardan. Edersonning yordami bilan klub APL va Chempionlar Ligasi gʻolibi boʻldi.
Biroq, posbonning hozirgi darajasi avvalgidek emas. Bunday holat anchadan beri davom etmoqda. "Siti" uchun esa bu etarli emas, - dedi Karrager.
Ma'lumot uchun, dastlabki pley-off oʻyinida "shaharliklar" "qirollik klubi"ga 2:3 hisobida yutqazdi. Raqiblar javob uchrashuvini keyingi hafta Madridda oʻtkazishadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar