20:58 / 12.02.2025
924

Oʻzbekiston figurali uchish bahslarida ilk oltin medalni qoʻlga kiritdi

Oʻzbekiston figurali uchish bahslarida ilk oltin medalni qoʻlga kiritdi
Foto: MOQ
Xitoyning Xarbin shahrida Qishki Osiyo oʻyinlari oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston sport delegatsiyasi mazkur oʻyinlardagi ilk medalini qoʻlga kiritdi.

Figurali uchish bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Dmitriy Chigirev va Ekaterina Geynish barcha raqiblarini ortda qoldirib, 1-oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston terma jamoasi a'zolari kecha qisqa dasturlarda 64,55, bugun erkin mashqlarda esa 111,88, umumiy hisobda 176,43 ochko toʻplab, oltin medalga sazovor boʻldi.

Bu borada kumush va bronza medallari Yaponiya va KXDR vakillariga nasib etdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport