19:27 / 13.02.2025
101

"Manchester Siti" himoyachisi Manuel Akanji jiddiy jarohat oldi

"Manchester Siti" himoyachisi Manuel Akanji jiddiy jarohat oldi
"Manchester Siti" jamoasining himoyachisi Manuel Akanji "Real Madrid"ga qarshi oʻyinda jarohat olib, ikkinchi boʻlim boshida maydonni tark etishga majbur boʻldi. Shveytsariyalik futbolchining jarohati jiddiy boʻlishi mumkinligi aytilmoqda, bu esa uni mavsumning qolgan qismida jamoasiga yordam bera olmasligini anglatadi.

Tibbiy tekshiruv natijalari hali rasman e'lon qilinmagan boʻlsa-da, bir necha manbalarda uning sogʻligi bilan bogʻliq jiddiy muammolar mavjud ekani qayd etilgan. Agar jarohat haqiqatan ham ogʻir boʻlsa, Akanji uzoq muddatga safdan chiqishi mumkin.

Shveytsariyalik himoyachi joriy mavsumda "Manchester Siti" safida 30 ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etgan. Uning himoyadagi ishonchli oʻyini va katta tajribasi jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, "Transfermarkt" portali ma'lumotlariga koʻra, Akanjining bozor bahosi 40 million yevroga baholanadi.

Hozirda "Manchester Siti" rahbariyati va murabbiylar shtabi futbolchining sogʻligʻini yaxshilash uchun barcha choralarni koʻrmoqda. Agar Akanji uzoq muddatga safdan chiqsa, Pep Gvardiola himoya chizigʻida yangi taktik echimlarni oʻylab topishiga toʻgʻri keladi.

"Shaharliklar"ning kelgusi muhim bahslarida Akanjining yoʻqligi jamoaga qanday ta'sir koʻrsatishi, himoya chizigʻida qanday oʻzgarishlar roʻy berishini vaqt koʻrsatadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport