date
views 11 103

Abbosbek Fayzullayev: "Butun Oʻzbekiston Husanov uchun hayajonda"

Abbosbek Fayzullayev: "Butun Oʻzbekiston Husanov uchun hayajonda"
CSKA va Oʻzbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev hamyurti, himoyachi Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga oʻtishi haqida fikr bildirdi.

"Biz Husanov bilan "Manchester Siti"ga oʻtishidan oldin gaplashganmiz. Bu transfer butun Oʻzbekiston futboli va xalqimiz uchun katta voqea boʻldi. Jahonning eng yaxshi jamoalaridan biri boʻlgan "Siti"da oʻynash – katta sharaf. Biz barchamiz Abduqodir bilan faxrlanamiz, uning har bir oʻyinini hayajon bilan kuzatamiz. U "Siti" uchun gol urganda, men ham tomosha qildim. Endi butun Oʻzbekiston uni qoʻllab-quvvatlaydi va "Manchester Siti"da ancha koʻp fanatlar paydo boʻldi (kuladi)", — dedi Fayzullayev "Championat" nashriga bergan intervyusida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosbek Fayzullayev: "Butun Oʻzbekiston Husanov uchun hayajonda"