
Angliya Premer-ligasining 25-turi doriasida "Manchester Siti" "Nyukasl Yunayted"ni yirik 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur bellashuvdan so‘ng "shaharliklar" darvozaboni Ederson hamyurtimiz Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men Niko Gonsales uchun xursandman. Ayniqsa, Abduqodir Husanov uchun juda mamnunman. O‘zbekistonlik futbolchi "Chelsi"ga qarshi debyut uchrashuvini o‘tkazib, biroz xatolarga yo‘l qo‘ygandi. Biroq, Husanov so‘nggi uchrashuvlarda jamoaga ancha moslashib ketdi.
Shuni ham ta’kidlashim kerak, bugun Abduqodir juda yaxshi harakat qildi. Ayniqsa, yosh ekanligini, ingliz tilida gapira olmasligini va rus tilida muloqot qilayotganini inobatga olsak, yaxshi o‘ynamoqda", - dedi braziliyalik posbon.
Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" navbatdagi to‘qnashuvini 19 fevraldan 20 fevralga o‘tar kechasi soat 01:00 da Madridning "Real" klubiga qarshi o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar