
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Nyukasl Yunayted"ga qarshi bahsdan soʻng matbuot anjumanida ishtirok etdi. Ispaniyalik mutaxassis milliy terma jamoamiz a'zosi hisoblangan Abduqodir Husanov haqida qisqa fikr bildirib oʻtdi.
"Bugungi uchrashuvda hujum chizigʻidagi tezlik va intensivlik menga yoqdi. Shu bilan birga, Niko Gonsales va Abdukodir Xusanov ham ajoyib oʻyin koʻrsatishdi.
Biz kelasi mavsum Chempionlar ligasiga yoʻllanma olish uchun bunday oʻyinlarda yutishimiz kerak. Muxlislarimizni xursand qilgan holda, uyga joʻnatish uchun shunday oʻyin namoyish qilishimiz lozim", - dedi tajribali murabbiy.
Eslatib oʻtamiz, manchesterliklar navbatdagi toʻqnashuvini Chempionlar ligasining pley-off javob bahsida "Real Madrid"ga qarshi oʻtkazadi. Mazkur uchrashuv 19 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar