
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov nima sababdan sotib olinganini aytdi.
"Futbolchilarnimg bizga yordami tegadigan koʻp jihatlar bor. Bilasiz, Husanovda shijoat va tezlik mavjud.
Shuning uchun biz uni sotib oldik, uni toʻxtatish qiyin, chunki u juda tez, juda yosh hamda haddan tashqari dadil. Unda juda agressiv oʻyin uslubi bor.
Yakkakurashda u hamisha toʻpni olib qoʻyishga intiladi. Yakkakurashda yutqazsa, toʻpga ega chiqa olmasa, darhol ortga qaytadi.
Husanov vaqt oʻtgan sayin oʻrganib ketadi, u jamoaga juda yaxshi moslashmoqda. Xullas, bu kabi koʻp jihatlar bizga yordam beradi", - dedi Gvardiola.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar