11:15 / 16.02.2025
8 650

«Manchester Siti» etakchilaridan biri «Real»ga qarshi oʻynamasligi mumkin

«Manchester Siti» etakchilaridan biri «Real»ga qarshi oʻynamasligi mumkin
«Nyukasl»ga qarshi uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida «Manchester Siti» futbolchisi Erling Xoland jarohat oldi.

Futbolchi uchrashuvning 87-daqiqasida zahiraga olindi. Norvegiyalik hujumchi oyogʻini shikastlab olgan. Hozircha futbolchining jarohati haqida toʻliq ma'lumot berilmagan. Biroq Xoland «shaharliklar»ning navbatdagi uchrashuvini oʻtkazib yuborishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, «Man Siti»ning navbatdagi uchrashuvi 19 fevralga belgilangan. Oʻsha kuni Gvardiola jamoasi EChL pley-off oʻyinlarining javob bahsida «Real Madrid»ga qarshi bahs olib boradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport