14:30 / 16.02.2025
87 227

Gvadiola Abduqodir Husanovdan nega hayratga tushganini aytdi!

Gvadiola Abduqodir Husanovdan nega hayratga tushganini aytdi!
Abduqodir Husanov Angdiya Premer-ligasining 25-turidan oʻrin olgan “Manchester Siti” va “Nyukasl” oʻrtasidagi uchrashuvni toʻliq oʻtkazdi.

Ta'kidlash joizki, 20 yoshli markaziy himoyachining “qargʻalar”ga qarshi namoyish qilgan oʻyini mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda. Shuningdek, oʻzbek futbolchisining uchrashuvdagi faolligi va xatti-harakatlari manchesterlik futbol ishqibozlariga ham har tomonlama ma'qul keldi.

Statistik markazlar ekspertlarining hisob-kitoblariga koʻra, Abduqodir ancha yaxshi koʻrsatkichlarni qayd etdi. Legionerimiz ushbu oʻyin davomida 76 marta toʻpga teginishga muvaffaq boʻlib, 68 ta uzatma berdi. Ularning 63 tasi jamoadoshlariga aniq etib bordi (94 %).

Bundan tashqari, iqtidorli himoyachi oʻyin davomida 7 bora uzoq masofaga uzatmani amalga oshirdi, raqib jarima maydonchasi atrofiga xavfli vaziyat keltirib chiqargan uchta pas uzatdi, sakkiz marotaba himoyaviy harakatlarni bajardi, barcha yakkakurashlarda gʻolib chiqdi va biror marta raqibga aldangani yoʻq,

Uchrashuvdan keyin Xosep Gvardiola Evropa Chempionlar ligasi yoʻllanmasi uchun kurashda asosiy raqobatchilaridan biri ustidan qozonilgan yirik hisobdagi gʻalaba ishtirokchilari haqida ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Bu bahsda biz aslida qanday jamoa boʻlganimizni esga oldik. Joriy mavsum bugungi oʻyinga qadar bunaqa yuqori darajaga chiqa olmagandik. Lekin hech qachon harakatni toʻxtatmaganmiz. Faqat ayrim holatlarda harakatlar oʻxshamagan vaziyatlar ham boʻldi.

Oʻyin tempi, shiddati va intensivligi menga ma'qul keldi. Niko Gonsales va Abduqodir Husanov bugun juda zoʻr oʻynadi. Evropa Chempionlar ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishimiz uchun bu kabi bellashuvlarda gʻalaba qozonish shart, - dedi Gvardiola.

“Shaharliklar” bosh murabbiyi Angliyaga koʻchib oʻtganidan beri ilk bor toʻliq uchrashuv oʻtkazgan Abduqodir Husanovning kuchli va zaif tomonlarini ham aytib oʻtdi.

- Husanovning hujumga oʻtishdagi tezligi hafratlanarli darajada zoʻr va aynan mana shu xususiyati uchun uni tanlaganmiz. Haqiqatan, Abduqodir juda tezkor.

Biroq Abduqodir yakkakurashlarda gʻolib chiqolmasa, darrov ortiqcha darajada agressiv oʻyinchiga aylanib qoladi.

Husanov hali moslashish jarayonida, bu biroz vaqt talab qiladi, hali legionerimiz hamma narsani oʻrganib oladi, - dedi Xose Gvardiola “Manchester Siti” klubi rasmiy sayti vakillari bilan suhbatda.

Ta'kidlash joizki, endi “Manchester Siti”ni oldinda ikkita murakkab toʻqnashuv kutib turibdi. “Shaharliklar” 19 fevral kuni Madridda “Real” mehmoni boʻladi. Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining birinchi uchrashuvda Karlo Anchelotti shogirdlari “Etixad”dan 3:2 hisobidagi gʻalaba bilan qaytgan. Xosep Gvardiola endi raqib maydonida revansh olishga urinib koʻradi.

23 fevralda esa, manchesterliklarni Premer-liga peshqadami “Liverpul” bilan uy uchrashuvi kutib turibdi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ushbu boʻlajak bellashuvlarda Abduqodir Husanovga bemalol ishonch bildirishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport