!["Real"ga qarshi Abduqodir Husanov oʻynasa, Mbappega “non” yoʻq!](/uploads/posts/2025-02/d42c599add_gettyimages-2199816200.webp)
“Manchester Siti”ga 20 yanvarda koʻchib oʻtgan Abduqodir Husanov yangi jamoasi safida uchinchi marotaba maydonga tushdi. Bu gal 20 yoshli markaziy himoyachi Angliyaning kuchli klublaridan “Nyukasl”ga qarshi toʻliq oʻynadi.
Bosh murabbiy Xosep Gvardiola qishda olingan toʻrt nafar futbolchidan uchtasi – Umar Marmush, Niko Gonsales va Abduqodir Husanovni muntazam oʻynatib kelmoqda. Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis Braziliyadan olib kelingan 18 yoshli Vitor Reysni Angliya kubogi doirasidagi bahsda 45 daqiqa sinab koʻrdi.
Abduqodir Husanov “Nyukasl”ga qarshi oʻtkazilgan bahsni yuqori darajada oʻtkazdi. Ayni paytda manchesterlik muxlislar klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida oʻzbek futbolchisining oʻyinini keng muhokama qilmoqda.
Silveranus Collins:
Husanov haqiqatan zoʻr futbolchi ekan, jamoadan ketgan Kayl Uokerning oʻrnini egallaydi. Abduqodir biz muxlislar mehrini qozondi.
Jay Extrovert:
“Manchester Siti” yana gʻoliblik yoʻliga qaytdi. Husanov, Stouns, Gvardiol himoyada mukammal oʻynadi.
Stancy Ngwira:
Husanov jamoaga yaxshi joylashib olibdi. “Nyukasl”ga qarshi hamma yaxshi oʻynadi. Balli chempionlar!
Mhî Rêh Kûl ʚĭɞ:
Husanov menga ham yoqdi. Toʻp bilan yaxshi ishlar ekan. Birinchi oʻyindagi xatosini esdan chiqaramiz...
Ibrahim Khalil:
Hamma pozitsiyalarda oʻyin yaxshi boʻldi. Ederson porladi, Husanov juda xotirjam va kuchli oʻyin koʻrsatdi. Gvardiol barqaror oʻynadi. Marmush esa, oʻzga sayyoradan kelgan shekilli.
Elvis Katama:
Husanov oʻziga nisbatan bosim boʻlishiga yoʻl qoʻymas ekan. Buni kimdir sezdimi? Toʻpni uzoq ushlamay, bir harakat bilan darrov sheriklariga etkazib beryapti. Ayniqsa, oʻzi oʻyin qoidasini buzganini ham tan olishni istamadi.
Caljosh:
Husanov bu gal ancha xotirjam oʻynadi. Oldinga bir necha marotaba zoʻr pas uzatdi. Bu futbolchi shiddatli va baquvvat, himoyachilar aynan shunaqa boʻlishi kerak. Uni Madriddagi oʻyinda ham kutamiz.
Kings Kodwani:
Iltimos, keyingi oʻyinlarda Husanovni yana boshlangʻich tarkibda maydonga tushiringlar!
Min James Sax:
“Real”ga qarshi oʻyinda Pep Gvardiola nega Abduqodir Husanovni oʻynatmasdan Rikoni maydonga tushirganini tushunganim yoʻq.
Billy Ke:
Madriddagi uchrashuvda Gvardiola Husanovni boshlangʻich tarkibda oʻynatish haqida oʻylayotgan boʻlsa kerak, chunki u “Nyukasl” qarshi fantastik oʻyin namoyish qildi.
Paul Eric Peligro:
Abduqodir Husanov “shaharliklar”ning devoriga aylandi, endi boʻlajak bahsda Kilian Mbappega “non” yoʻq!
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar