
Italiya A Seriyasining navbatdagi turida "Roma" safarda "Parma"ni 1:0 hisobida magʻlub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni 33-daqiqada Matias Sule kiritdi. Ushbu golli vaziyatda Eldor Shomurodov ham muhim rol oʻynadi. "Parma" esa 31-daqiqada bir oʻyinchisi maydondan chetlatilgach, oʻyinini davom ettirishga majbur boʻldi.
Statistikaga koʻra, "Roma" toʻpni 72% nazorat qilib, 16 marta darvoza tomon zarba berdi. Evaziga "Parma" atigi 5 ta zarba yoʻllay oldi. Ushbu gʻalabadan soʻng "Roma" 37 ochko bilan 9-oʻrinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar