
“Al-Hilol” bilan shartnomasini bekor qilganidan keyin Braziliyaga qaytgan Neymar faoliyatini qadrdon “Santos” jamoasida davom ettirmoqda.
Braziliya chempionatida “Santos” navbatdagi uchrashuvini “Agua Santa” jamoasiga qarshi oʻtkazib, oʻyinda 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Bellashuvda hisobni Neymar ochdi. 14-daqiqada 33 yoshli yulduz penaltini aniq bajardi. Bu Neymar uchun “Santos”ga qaytganidan keyingi birinchi gol hisoblanadi.
Ta'kidlash joizki, Neymar Braziliya terma jamoasi tarixida eng zoʻr toʻpurar sifatida rekord oʻrnatgan. Mohir hujumchi xalqaro miqyosda 128 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 79 marotaba ishgʻol qilgan va futbol qiroli Pelening uzoq davom etgan 77 ta goldan iborat rekordini yangilashga muvaffaq boʻlgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar