10:28 / 17.02.2025
10 065

Shohjahon Ergashev professional boksdagi 25-gʻalabasini qoʻlga kiritdi

Shohjahon Ergashev professional boksdagi 25-gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Fargʻona shahridagi “Samo” sport majmuasida 15 fevral kuni professional boks oqshomi tashkil etildi.

Kechaning markaziy jangida oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustasi, IBF kamari uchun sobiq da'vogar Shohjahon Ergashev ugandalik Junju Pauerga qarshi ringga koʻtarildi. Yarim oʻrta vazn toifasida 12 raund etib belgilangan jang 1-raunddayoq Shohjahon Ergashevning nokautli gʻalabasi bilan yakunlandi. Raund mobaynida oʻzbekistonlik bokschi raqibini bir necha bor nokdaun holatiga ham tushirib qoʻydi.

Shu tariqa, Shohjahonning professional boksdagi rekordi 25-2 koʻrinishiga keldi. U 27 ta jangning 25 tasida gʻalabaga erishgan (22 ta jangda gʻalaba muddatidan oldin qoʻlga kiritilgan). 2 ta jangda magʻlub boʻlgan (1 ta jangda muddatidan oldin taslim boʻlgan).

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport