
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Nyukasl”ga qarshi bahsda toʻliq harakat qilgan oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi.
“Husanovga “Chelsi” klubiga qarshi oʻynash oson boʻlmadi. Ammo u kelajakda buyuk futbolchiga aylanishi mumkin. Bu — uning uchun, biz uchun ham juda yaxshi holat. Uning potentsiali koʻrinib turibdi.
Abduqodir Husanov birga-bir vaziyatlarda agressiv oʻynaydi, toʻp bilan yaxshi muomala qiladi va juda yuqori tezlikka ega. U qaror qabul qilish koʻnikmasini rivojlantirishi zarur. Bu endi yosh bilan bogʻliq masala.
Jamoaga tez moslashdi. U maydon tashqarisida tortinchoq, koʻp gapirmaydi”, deydi ispaniyalik murabbiy matbuot anjumanida.
Ma'lumot uchun, “shaharliklar” “Nyukasl” ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz ochkolari sonini 44 taga etkazib oldi. Hozirda “Manchester Siti” APL turnir jadvalida 4-oʻrinda bormoqda.
Gvardiola shogirdlari navbatdagi uchrashuvni “Real”ga qarshi oʻtkazadi. Ushbu jamoalar oʻrtasidagi dastlabki uchrashuv “qirollik klubi”ning (3:2) gʻalabasi bilan yakunlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar