
«Sevilya» jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Ispaniya chempionatining 11-turida «Barselona»ga qarshi 6 noyabr kuni kechadigan uchrashuv oldidan kataloniyaliklarning etakchisi Lionel Messi haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi.
«Men o‘ylaymanki, 2ta «Oltin to‘p» bo‘lishi kerak: biri Messi uchun, ikkinchisi qolgan futbolchilar uchun. «Barselona» – dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri, agar eng yaxshisi bo‘lmasa. Hozir ular avvalgidek faqat to‘pga egalik qilishni ko‘zlamaydilar. Endi ular uslubni o‘zgartirib, vertikal o‘ynayshni boshlagan, bu uslubdan maqsad – to‘pni hujum triosiga etkazib berish. Bizni qiyin juda o‘yin kutib turganini bilamiz. Agar to‘g‘ri o‘ynamasak, yutqazamiz», — deya Sampaolining so‘zlarini keltirgan Marca nashri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar