09:47 / 18.02.2025
34 975

“Barselona” darvozasiga urilgan gol nega bekor qilindi?

“Barselona” darvozasiga urilgan gol nega bekor qilindi?
Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Barselona” – “Rayo Valyekano” uchrashuvida 43-daqiqada mehmonlar futbolchisi Xorxe de Frutos tomonidan urilgan gol bekor qilindi. Hakam Mario Melero Lopes to‘g‘ri qaror qabul qilib, hisobni tenglashtiruvchi golni hisobga olmadi.

Mazkur epizodda gol muallifi ofsaydda bo‘lmagan bo‘lsa-da, hujum paytida Randi Nteka ofsayd chizig‘idan o‘tib ketgan edi. Garchi unga pas uzatilmagan va u to‘pni qabul qilmagan bo‘lsa-da, u o‘yinga faol aralashib, raqib futbolchilar harakatiga ta’sir o‘tkazgan. Xususan, u “Barselona” himoyachisi Inyigo Martines harakatiga xalaqit bergan.

Shu sababli Melero Lopes o‘yinda ofsayd holatini qayd etib, golni bekor qildi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport