
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husonov haqida fikr bildirdi.
"Husonov kelajakda ajoyib futbolchiga aylanishi mumkin. Unda ko‘rayotgan salohiyatimizni hisobga olsak, bu uning uchun ham, biz uchun ham juda yaxshi. U to‘p bilan sovuqqon va juda tez. Qaror qabul qilishni yaxshilash kerak – bu yosh bilan bog‘liq masala", – dedi murabbiy.
Gvardiola shuningdek, futbolchining jamoaga tez moslashganini ta’kidladi. "U juda kamgap va tortinchoq, lekin o‘ylaymanki, bizga katta yordam beradi", – deya qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, 15-fevral kuni Angliya chempionatining 25-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "Manchester Siti" o‘z maydonida "Nyukasl"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Husonov ham ushbu o‘yinda maydonga tushdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar