
“Manchester Siti” Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvida Madridda “Real” mehmoni boʻladi.
Manchesterlik futbol ishqibozlari klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali Xosep Gvardioladan Abduqodir Husanovni boʻlajak bahsda boshlangʻich tarkibga maydonga tushirishni soʻrayapti. Ular oʻzbek futbolchisi raqibning eng xavfli hujumchisi Vinisius Juniorni toʻxtatishga qodir, deb hisoblamoqda.
Brighton Brighton:
Husanov avvalgi oʻyinda “Nyukasl” hujumchilarining mazasini qochirdi. Ular Abduqodirga toʻqnash kelishdan qoʻrqib, Jon Stouns tomonga oʻtdi. Lekin oʻzbek futbolchisi jamoadoshiga yordamga borib, raqibning hayotini qiyinlashtirib qoʻydi.
Kevin Omondi:
Men Husanov endi Vinisiusning ustidan “kulib tashlashini” istayman. Pep uni ilk daqiqadan oʻynatsin!
Busi Dlahmini:
Husanov energiya manbai ekan, “Real Madrid” bilan uchrashuvda u bizga kerak.
Always Smile 07:
Men Husanov Vinisiusni qoʻrqitib qoʻyishi tarafdoriman. Buning uchun Abduqodirda mahorat etarli. Gvardiola boʻlajak oʻyinda uni albatta maydonga tushirishi shart.
Dennis Ombati:
Biz oʻzimizga kerakli himoyachini endi topdik.
Victor Koasisochukwu:
Husanovga gap yoʻq, superyulduzga aylanadi hali...
Mbarak Mae:
Husanov oʻtgan oʻyinda “Nyukasl” oʻyinchilarining ta'zirini berdi.
Amo:
Men “Arsenal” muxlisiman, lekin Husanov iqtidor egasi ekanini aytishim shart.
Favour Godwin:
Husanov “Bernabeu”ni portlatadi shekilli.
Mïstår Sülphürïç Åçíd:
“Manchester Siti” fanatlariga Husanov yoqqanini aytishim kerak.
Kibet Mathew:
Raqiblar Abduqodirga qarshi oʻynagisi kelmay qolyapti.
Hobab Mulenga:
“Nyukasl”ga qarshi uchrashuvda Husanov bexato va yorqin oʻyin koʻrsatgani bois, raqib darvozamizga yoʻl topa olmadi. Shu ishni Madridda ham davom ettiraylik.
Andy Bi:
Husanovni buqaday kuchi bor ekan, bu juda yaxshi xususiyat. Raqiblar har gal unga urilganida uchib ketyapti. Buning yomon tomoni – hakam jarima belgilaydi va hatto sariq kartochka koʻrsatishi mumkin.
Toochi Oparaji:
Lyuis oʻrniga Husanovni boshlangʻich tarkibda oʻynataverish kerak. Gvardiola Abduqodirni “Real”ga qarshi oʻynat.
Methodology ZeGreat:
Vinisiusga hozirdan rahmim kela boshladi. Abduqodir hech kimni ayamaydigan oʻyinchi.
Athoryan Kingspart:
“Nyukasl” yulduzlari Husanov oldida yosh boladay boʻlib qoldi. Iltimos, “Real”ga qarshi shu yigit oʻynasin.
Lån Dön:
Husanovning navbatdagi nishoni – Vinisius Junior.
Taku Nahk:
Husanov ayovsiz oʻynar ekan. Abduqodir biz uchun Vinisiusning ta'zirini berib qoʻy.
Brian Serem:
Gvardiola yoʻl qoʻyishi mumkin boʻlgan eng katta xato bu “Real”ga qarshi Abduqodir Husanovni maydonga tushirmaslik boʻladi.
Eric Zybion:
Husanov ilk daqiqalardan oʻynasa, Vinisiusga mavsum oxirigacha jarohat kafolatlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar