Anchelotti: "Gvardiolaga qarshi oʻynash jonimga tegdi"

Anchelotti: "Gvardiolaga qarshi oʻynash jonimga tegdi"
"Real" Evropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi javob uchrashuvida "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

Manchesterda boʻlib oʻtgan dastlabki oʻyinda madridliklar 3:2 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa-da, keyingi bosqich masalasi boʻladigan uchrashuvda hal boʻladi.

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hal qiluvchi bahs oldidan raqib jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida fikr bildirdi.

— Qarshimda Gvardiolani koʻrishdan charchadim. Men hamon uni ajoyib murabbiy deb hisoblayman, lekin unga qarshi oʻynash jonimga tegdi. Shunga qaramay, uning ishini kuzatish yoqimli jarayon, — dedi Karlo Anchelotti.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar