
Ispaniya chempionatining 24-turida “Real” Pamplonada “Osasuna” bilan 1:1 hisobida durang oʻynab, musobaqa jadvalidagi peshqadamlikni "Barselona"ga boʻshatib berdi.
Eng yomoni – madridliklar uchrashuvida yana hakamlik bilan bogʻliq muammo kelib chiqdi. Gap shundaki, “Real” yulduzi Jud Bellingem bellashuvning 39-daqiqasida bosh hakam Xose Munuera Monteroni haqorat qilgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi.
Oʻyinchining oʻzi va bosh murabbiy Karlo Anchelotti oʻsha vaziyatda hakam haqorat qilinganini tan olmadi.
Shunga qaramay, Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasining Tartib-intizom qoʻmitasi vaziyatni oʻrganib chiqib, Bellingemni diskvalifikatsiya qilish haqida qaror chiqardi.
Endi angliyalik hujumkor futbolchi ikkita uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar