02:09 / 20.02.2025
146

Mbappe Anrining natijasini takrorladi

Mbappe Anrining natijasini takrorladi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe yana "Manchester City" darvozasini ishg‘ol qildi. 26 yoshli futbolchi Chempionlar Ligasi pley-off javob uchrashuvida "shaharliklar"ga qarshi bahsda 4-daqiqadayoq hisobni ochdi.

StatsFoot ma’lumotlariga ko‘ra, Mbappe so‘nggi marta Tyerri Anri erishgan natijani takrorlab, to‘rt yirik Yevropa ligasidan birida debyut mavsumida 26 yoki undan ko‘p gol urgan birinchi fransuz futbolchiga aylandi. Anri bu natijaga 1999/2000-yilgi mavsumda erishgan edi.

33-daqiqada Mbappe dubl qayd etib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi (ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:2).

Eslatib o‘tamiz, yulduz futbolchi o‘tgan yoz "PSJ"dan "Real"ga o‘tgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport