Mbappe mavsumdagi 27-golini urib, Holandga yetib oldi

Mbappe mavsumdagi 27-golini urib, Holandga yetib oldi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe joriy mavsumdagi gollar soni bo‘yicha Erling Holandga yetib oldi. Fransiyalik futbolchi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining "Manchester City"ga qarshi javob o‘yinida jamoasining ikkala goliga mualliflik qildi.

Endilikda Mbappening ushbu mavsumdagi barcha musobaqalardagi gollari soni 27 taga yetdi – bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Holand bilan tenglashdi. Ayni vaqtda "shaharliklar" hujumchisi Holand ushbu uchrashuvni zaxira o‘rindig‘idan kuzatmoqda.

Karlo Anchelotti shogirdlari ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:2 hisobida oldinda bormoqda. "Manchester City"da Chempionlar Ligasidan chiqib ketmaslik uchun atigi bir bo‘lim qoldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar