14:11 / 20.02.2025
31 671

Abduqodir Husanovning tarixiy debyuti Angliyada qanday baholandi?

Abduqodir Husanovning tarixiy debyuti Angliyada qanday baholandi?
Abduqodir HusanovManchester Siti”ning asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanib bormoqda. 20 yanvar kuni “shaharliklar” jamoasiga qo‘shilgan legionerimiz qisqa fursatda uchta nufuzli musobaqa – Angliya Premer-ligasi, Angliya kubogi va Yevropa Chempionlar ligasidagi debyutini o‘tkazib bo‘ldi.

Madridda “Real”ga qarshi maydonga tushgan hamyurtimiz tarixiy natija qayd etdi. Husanov Chempionlar ligasi pley-off bosqichida “Real”ga qarshi “Santyago Bernabeu” stadionidagi o‘yinda debyutini o‘tkazgan ikkinchi eng yosh o‘yinchi bo‘ldi. Bellashuv o‘tkazilgan sanada legionerimiz 20 yoshu 356 kunlik edi.

To‘g‘risini aytganda, “Manchester Siti”ning “Real”ga kuchi yetmadi. Buni Xosep Gvardiola ham tan oldi. Abduqodir madridliklarga qarshi o‘z darajasida o‘ynadi, o‘zini ham, murabbiylarni ham uyaltirgani yo‘q.

Nufuzli manbalardan biri – cityxtra.co.uk sayti ekspertlarining “Manchester Siti” futbolchilari harakatlariga qo‘ygan baholari ham shundan dalolat beradi. Husanov aksariyat jamoadoshlaridan yaxshi o‘ynadi.

Ederson – 4,5
O‘yinda “Real” katta ustunlik qilganiga qaramay, Ederson darvozasiga ko‘p ham zarba yo‘llangani yo‘q. Shu kuni Mbappeni hech kim to‘xtata olmadi va hamma gollarda ham darvozabonni ayblab bo‘lmaydi.

Abduqodir Husanov – 4
Uchrashuvdagi birinchi to‘qnashuvda Vinisius Junior undan o‘tib ketganidan keyin Abduqodir qolgan payt diqqat va e’tibor bilan o‘ynadi. Madridliklar Husanov o‘ynagan pozitsiyaga juda ko‘p bosim uyushtirdi. Mag‘lubiyatga esa, butun jamoaning yaxshi o‘ynay olmagani sabab bo‘ldi.

Ruben Dias – 5
O‘yin ko‘ngildagidek boshlanmadi. Mbappe unga darrov bosim o‘tkazdi, Dias yetarli darajada qarshilik ko‘rsata olmadi. Qolgan daqiqalarda Ruben raqibga qarshi juda ishonchli o‘ynadi.

Yoshko Gvardiol – 3,5
O‘z darajasida o‘ynay olmadi. Tajribali himoyachi ikkinchi gol urilgan vaziyatda Kilian Mbappega xalaqit qila olmadi.

Niko – 3,5
Bu uchrashuv Nikoga “Manchester Siti”da o‘ynash uchun qanday tempni o‘zlashtirishi kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi.

Ilkay Gyundog‘an – 3,5
Avvalgi mavsumlarda “Manchester Siti”ning ustunligini ta’minlab kelgan tajribali yarim himoyachining bu gal qo‘lidan hech narsa kelmadi.

Bernardu Silva – 3
“Siti”ga to‘pni nazorat qilishdagi ustunlikni olib berishga urinib ko‘rdi. Amalda esa, o‘yinni “Real” boshqardi.

Fil Foden – 3
O‘yinga kirishib keta olgani yo‘q. Mbappe xet-trik qilgan vaziyatda Fodendan osonlikcha o‘tib ketdi.

Omar Marmush – 3,5
Marmush katta o‘yinlarda markaziy hujumchi qanday qarshiliklarga duch kelishini ilk bor o‘zida his qilib ko‘rdi. Madridliklar unga umuman imkon bermadi.

Savino – 4
“Manchester Siti” libosida ilk bor markaziy hududda o‘ynadi. Unga qanotlarda yurgani ma’qul ekan.

Natan Ake – 4
Bu futbolchi ham to‘pni qaytarishda ancha asabiylashdi. Mbappeni to‘xtatishda Fodenga yordam berishiga to‘g‘ri keldi.

Mateo Kovachich – 4,5
Yaxshi o‘ynadi. Asosan uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi bilan esda qoldi.

Jeyms MakEti – 5
Zaxiradan maydonga tushib, jamoasi o‘yinini jonlantirdi. Aniq pas bilan raqib himoyasiga bosim o‘tkazishga harakat qildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport