20:27 / 20.02.2025
7 608

Xosep Gvardiola: "Husanov buyuk futbolchiga aylanishi mumkin"

Xosep Gvardiola: "Husanov buyuk futbolchiga aylanishi mumkin"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa himoyachisi Abduqodir Husanovning kelajagi haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Bu yigit kelajakda buyuk futbolchiga aylanishi mumkin. Unda katta salohiyat bor. Husanov toʻp bilan juda xotirjam harakat qiladi va u juda tezkor. Qaror qabul qilish jarayoni yaxshilanishi kerak, bu esa yoshga bogʻliq masala," – deya Gvardiolaning soʻzlarini keltirdi Fabritsio Romano.

Eslatib oʻtamiz, "shaharliklar" oʻzbek futbolchisini Fransiyaning "Lans" klubidan 50 million yevroga sotib olgan edi. 20 yoshli himoyachi Angliya klubi bilan 2029 yilning oʻrtasigacha shartnoma imzolagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport