23:41 / 20.02.2025
691

"Roma" birinchi bo‘limda "Portu" ustidan ustun kelmoqda

"Roma" birinchi bo‘limda "Portu" ustidan ustun kelmoqda
UEFA Yevropa Ligasining 1/16 final javob uchrashuvida "Roma" birinchi bo‘limdan keyin "Portu"ni 2:1 hisobida oldinda yakunladi.

O‘yin hisobini 27-daqiqada "Portu" hujumchisi Samu Agexova ochdi. Golga assistentlikni Fabio Vieyra amalga oshirdi.

Biroq, "Roma" tezda hisobni tenglashtirdi. 35-daqiqada Paulo Dibala Eldor Shomurodovning uzatmasidan keyin gol urdi.

39-daqiqada esa Dibala yana o‘zini ko‘rsatdi va "Roma"ni oldinga olib chiqdi. Bu safar unga golni yaratishda K. Kone yordam berdi.

Umumiy hisob bo‘yicha "Roma" hozirda 3:2 hisobida oldinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport