16:45 / 21.02.2025
3 040

Isroil Madrimov va Virjil Ortis matbuot anjumanida nimalar dedi?

Isroil Madrimov va Virjil Ortis matbuot anjumanida nimalar dedi?
Xabaringiz bor, ertaga Saudiya Arabistonida katta boks kechasi boʻlib oʻtadi. Bugun mazkur oqshomga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda hamyurtimiz Isroil Madrimov va uning raqibi Virjil Ortis ham ishtirok etib, bahs oldidan oʻz fikrlarini bildirishdi.

Isroil Madrimov:
- Faoliyatimning boshidanoq katta janglarga intildim. "Riyadh Season" uchun Turki Al ash-Sheyxga rahmat. Oldinda yana katta toʻqnashuv kutib turibdi. Inshoolloh, ajoyib jang oʻtkazib, boks muxlislariga oʻz mahoratimni koʻrsataman.

Virjil Ortis:
- Koʻp gapirmoqchi emasman. Menimcha, bizning jangimiz kechaning eng yaxshi jangi maqomini oladi. Bunday ajoyib boks kechasida ishtirok etish men uchun sharaf va men imkoniyatimni qoʻldan boy bermayman.

Eslatib oʻtamiz, janglar Oʻzbekiston vaqti bilan ertaga, 19:30 da start olishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport