
Foto: OʻFA
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga assotsiatsiya a'zolari tomonidan kelib tushgan nomzodlar Saylov qoʻmitasi a'zolari ishtirokida Assotsiatsiya Saylov kodeksi va Ustaviga asosan muvofiqlik tekshiruvidan oʻtkazildi.
Assotsiatsiya Ustavining 30-moddasi 4-bandiga binoan delegatlar tomonidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Bahodir Qurbonov nomzodi ilgari surildi.
Assotsiatsiya Ustavi va Saylov kodeksiga asosan Bahodir Qurbonov Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi.
Avvalroq Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ustaviga muvofiq, 2025 yil 22 fevral kuni OʻFA prezidentligiga saylov boʻlib oʻtishicha, DXX raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov nomzodi assotsiatsiya prezidentligiga ilgari surilayotgani xabar qilingandi.
Yanvar oxirlarida DXX sobiq raisi Abdusalom Azizov Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimidan ketgandi. Uning vazifalarini OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bajarib kelayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar