
Angliya Premer-ligasi 26-turining markaziy uchrashuvida “Manchester Siti” futbolchilari oʻz maydonida musobaqa peshqadami “Liverpul”ni qabul qiladi.
Xosep Gvardiola bu bahs oldidan tarkib tanlashda qiyinchilikka duch kelmoqda. Himoyachilardan Manuel Akanjidan keyin Jon Stounz jiddiy jarohat oldi. Endi “Real” bilan oʻyinni oʻtkazib yuborgan Erling Xoland ham boʻlajak uchrashuvda jamoaga yordam bera olmaydigan boʻlyapti.
Xosep Gvardiola norvegiyalik toʻpurarning maydonga tushirish borasida bir qarorga kelgani yoʻq.
- Ayni paytda Erling Xoland “Liverpul”ga qarshi oʻynashi yoki oʻynay olmasligi haqida birorta aniq gap ayta olmayman. Biz mashgʻulot oʻtkazamiz. Xoland qoʻshimcha tekshiruvlardan oʻtadi. Ularning natijasi hamma narsaga oydinlik kiritadi, - dedi Xosep Gvardiola.
Erling Xoland 15 fevral kuni “Nyukasl” bilan boʻlgan uchrashuvda jarohat olib maydonni tark etgandi. 24 yoshli toʻpurarni tizzasidagi ogʻriqlar bezovta qilyapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar