14:37 / 23.02.2025
207

Gvardiola: "Hayotligimda hech kim APLni ketma-ket toʻrt marta yutmaydi"

Gvardiola: "Hayotligimda hech kim APLni ketma-ket toʻrt marta yutmaydi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasi qoʻlga kiritgan yutuqlarning ahamiyati haqida gapirib, ketma-ket toʻrt marta Angliya Premer-ligasini yutgan hech qanday klub boʻlmasligini ta'kidladi.

"Hech kim Angliya Premer-ligasida 100 ochko jamgʻara olmaydi va ketma-ket toʻrt bor yuta olmaydi. Bu hayotligimda roʻy bermaydi, afsus", — dedi Gvardiola.

"Manchester Siti" 2017/18 mavsumida 100 ochko jamgʻarib, rekord oʻrnatgan. Shuningdek, jamoa 2020/21 mavsumdan beri APL chempioni boʻlib kelmoqda. Bu yutuqlar "Siti"ning soʻnggi yillardagi ustunligini koʻrsatib, jamoaning barqarorligi va professionalligini tasdiqlaydi.

Qizgʻin bahs kutmoqda

Gvardiolaning bu fikrlari va "Liverpul"ning "Etihad"dagi tarixiy seriyasi bugungi markaziy uchrashuvga yanada qiziqish uygʻotmoqda. Bahs 23 fevral kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:30da start oladi.

Bu oʻyinda "Liverpul" oʻzining magʻlubiyatlar seriyasini toʻxtata oladimi yoki "Siti" ustunligini saqlab qoladimi? Javobini tez orada bilamiz.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport