
Angliya Premer-ligasi 26-turining eng markaziy bahslaridan biri boʻlmish "Manchester Siti" va "Liverpul" uchrashuvi futbol ishqibozlari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinmoqda. Joriy mavsumda turnir jadvalining yuqori pogʻonalarida harakat qilayotgan ushbu jamoalar oʻzaro muhim bahsda maydonga tushadi.
Futbol boʻyicha mashhur tahliliy saytlar uchrashuv natijasi boʻyicha oʻz taxminlarini e'lon qilishdi. Jumladan, "90min" nashrining yozishicha, oʻyin murosasiz kechib, jamoalar bir-biriga mos darajada kurash olib boradi: "Manchester Siti" 2:2 "Liverpul".
Boshqa bir futbol nashri "Sportingnews" esa mehmon jamoa, ya'ni "Liverpul"ning ustun kelishini taxmin qilmoqda: "Manchester Siti" 1:3 "Liverpul".
Xuddi shunday taxminni "Sportskeeda" ham ilgari surgan boʻlib, ularga koʻra ham "Liverpul" gʻalaba qozonadi, ammo biroz qiyinroq hisob bilan: "Manchester Siti" 2:3 "Liverpul".
Shuningdek, "SportsMole" nashri esa kuchlarning tengligini ta'kidlab, durang natija boʻlishini aytmoqda: "Manchester Siti" 1:1 "Liverpul".
Bashoratlar turlicha boʻlsa-da, haqiqatni faqat maydonda boʻlib oʻtadigan haqiqiy jang koʻrsatadi. Futbol muxlislari oldinda qiziqarli va shiddatli oʻyin boʻlishiga shubha qilmaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar