20:41 / 23.02.2025
869

Manchester City va Liverpool asosiy tarkibi e’lon qilindi

Manchester City va Liverpool asosiy tarkibi e’lon qilindi
Bugun Angliya Premer-ligasi doirasida Manchester City va Liverpool o‘rtasidagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tadi. O‘yin boshlanishiga oz vaqt qolganda har ikki jamoaning asosiy tarkibi e’lon qilindi.

Pep Guardiola boshchiligidagi Manchester City jamoasi 4-2-3-1 sxemasi asosida maydonga tushadi. Darvozada Ederson, himoyada Riko Luis, A. Xusanov, Natan Ake va Yoško Gvardiol harakat qiladi. Yarim himoyada Kevin De Bryuyne, Savinyo, Fil Foden, Nahuel Gonsales va Jeremi Doku o‘ynaydi. Hujum chizig‘ida Omar Marmush asosiy hujumchi sifatida maydonga tushadi.

Arne Slot boshchiligidagi Liverpool ham 4-2-3-1 sxemasi bilan o‘ynaydi. Darvozani Alisson qo‘riqlaydi, himoyada Endryu Robertson, Virjil van Deyk, Ibrohima Konate va Trent Aleksandr-Arnold joy olgan. Yarim himoyada Aleksis Makallister, Dominik Soboslay va Rayan Gravenberx harakat qiladi. Hujum chizig‘ida Muhammad Salah, Kertis Jons va Luis Dias o‘ynaydi.

Zaxira o‘rindig‘ida har ikki jamoaning muhim futbolchilari bor. Manchester City safida Ruben Dias, Ilkay Gündogan va Bernardu Silva kutilmoqda, Liverpoolda esa Darwin Nunes, Kodi Gakpo va Diogo Jota kabi o‘yinchilar o‘yinga tayyor.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport