11:49 / 24.02.2025
874

Xosep Gvardiola kechagi uchrashuvdan soʻng nimalar dedi?

Xosep Gvardiola kechagi uchrashuvdan soʻng nimalar dedi?
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola kechagi uchrashuvdan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

«Biz juda yaxshi oʻyin namoyish etdik. Hujumda samaradorlikni oshirishimiz mumkin edi, lekin fantastik jamoaga qarshi bahs olib bordik. Uchrashuv boshida imkoniyatlar taxminan teng edi – 50/50, ammo ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi boʻlimda raqib juda chuqur himoyalandi. Biz odatda qoʻllamaydigan taktikani sinab koʻrdik, ularning maydonida toʻpni olib qoʻyish muhim edi, ammo bu safar gol urish nasib etmadi.

Agar yutqazadigan boʻlsak, aynan shunday oʻyin koʻrsatib yutqazganimiz ma'qul. Ishonchim komil, bu klub oʻz tarkibidagi futbolchilar bilan porloq kelajakka ega. Kevin De Bryuyne va ehtimol, Natan Akedan tashqari barcha futbolchilarimiz yosh va kelajakda «Manchester Siti» yanada kuchli jamoaga aylanadi», — dedi Gvardiola.

Manba: sky sports

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xosep Gvardiola kechagi uchrashuvdan soʻng nimalar dedi?