14:40 / 24.02.2025
103

Angliya: hozirgi «Siti» — Slot jamoasiga teng raqib emas (video)

Angliya: hozirgi «Siti» — Slot jamoasiga teng raqib emas (video)
Yakshanba oqshomida Angliya futbolida roʻy bergan asosiy voqealar, oʻyinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat boʻyicha muhim ma'lumotlar bilan mazkur maqola orqali bilib olasiz.

«Manchester Siti» — «Liverpul» 0:2
Gollar
: Saloh (14), Soboslai (37).
«Manchester Siti» — Ederson, Lyuis, Husanov, Ake (Diash, 77), Gvardiol, Niko (Kovachich, 78), de Bryuyne (Makeyti, 66), Savinio, Doku, Foden, Marmush (Gundoʻgʻan, 77).
«Liverpul» — Alisson, van Deyk, Konate, Aleksander-Arnold (Kvansa, 90+2), Robertson (Tsimikas, 74), Gravenberh, Mak Allister, Soboslai, Dias (Gakpo, 79), Jons (Endo, 74), Saloh (Elliot, 90+2).

Holand jarohatlanib safdan chiqqaniga qaramay, turning markaziy uchrashuviga «Siti» etarlicha hujumkor tarkibda tushdi. Oldingi chiziqda bir vaqtning oʻzida Marmush, Doku, Savinio, Foden va De Bryuynega joy topildi. Bunday vaziyatda Gonsales tayanch zonasida yolgʻizdek koʻrindi. «Liverpul»da esa ilk daqiqalardan Jons harakatlandi, u Soboslai bilan birgalikda ikki «oʻnlik»dan biri boʻldi. Nominal markaziy forvardlar Gakpo va Nunes zaxirada qoldirildi, ularning oʻrniga tushirilgan Dias koʻproq chaproqda harakat qildi.

Dastlabki 13 daqiqa davomida muxlislar nisbatan teng oʻyinga guvoh boʻlishdi, keyin esa mehmonlar burchak zarbasi ijro etish huquqiga ega boʻlishdi va oʻylangan kombinatsiyani amalga oshirishdi. Erlatib ikki pas berildi — va Saloh darvoza qarshisida qulay pozitsiyada paydo boʻldi va kichik rikoshet orqali darvozani ishgʻol etdi. Soboslai orqacha turgan holda assist berdi, bu vaqtda esa Konate va van Deyk Saloh boʻsh hududga ega boʻlishi uchun raqib himoyachilarini oʻzi bilan darvoza tomon olib ketishdi. Bu misrlik hujumchining «Siti» darvozasiga urgan 14-goli boʻldi va u Stiven Jerrardning bu boradagi rekordini takrorladi.

«Siti» oʻyinning koʻproq vaqtida toʻpga egalik qildi va koʻproq zarba yoʻlladi (oʻyin oxirigacha 16:8, darvoza sohasiga toʻgʻri borgan zarbalar boʻyicha 5:4), ammo vaziyatlar yaqqol golli boʻlmadi. Marmush darvozani ishgʻol etdi, ammo uning goli ofsayd tufayli bekor qilindi. «Liverpul» chuqur himoyaga yotdi va raqibni qarshi hujumlarda jazolashga harakat qildi. Mehmonlar uchun faqat Doku va Trentning qarama-qarshiligi boʻldi, belgiyalik vinger oʻyin davomida 19 bor dribling ishlatdi va shundan 13 tasida muvaffaqiyatli harakat qildi, bu mavsumda bir oʻyin uchun eng yuqori koʻrsatkich. Ammo uning va jamoadoshlarining qanotlardan jarima maydoniga uzatmalari naf keltirmadi.

37-daqiqada esa «Siti»ning pressingi ish bermadi va «Liverpul» yana oldinda boʻsh zonalarga ega boʻldi. Odatdagidek Trent Salohga uzun pas berdi va mersisaydliklar hujumda toʻrtga toʻrt holatiga ega boʻlishdi. Gvardiol ham, Ake ham Moga qarshilik koʻrsata olishmadi va u jarima maydoni markazida ochilgan Soboslaini toʻp bilan ta'minladi, vengriyalik yarimhimoyachida toʻpni oʻziga moslash va zarba berish uchun etarlicha vaqt boʻldi. Ederson sakrab ham oʻtirmadi — 0:2.

Ikkinchi boʻlimga «Siti» katta shasht bilan tushdi va hatto qaysidir pallalarda mehmonlar jarima maydoni qurshab olindi. Tanaffusdan koʻp oʻtmay, ikkala darvozabon ham bittadan seyv amalga oshirishga majbur boʻldi. Avvaliga Alison Doku yana bir bor Trentni aldab oʻtganidan keyin Marmushning zarbasini oʻziga qabul qildi. Keyin Dias yoʻllagan zarbadan keyin Ederson oʻzini koʻrsatdi.

56-daqiqada «Liverpul» oʻyin masalasini hal qilgandek koʻringandi — Jons uchinchi golni urdi. Ammo uni Soboslaidagi ofsayd holati tufayli bekor qilishdi. Bu vaziyatda Husanov oʻz vaqtida ofsayd chizigʻini ushlashga ulgurgandi. Umuman olganda, oʻzbekistonlik himoyachi shu kuni jamoasidagi eng yorqin futbolchilardan biri boʻldi va bir necha vaziyatda jamoasini navbatdagi gollardan qutqardi. Squawka ma'lumotiga koʻra, Abduqodir Husanov toʻpni jamoasiga qaytarish boʻyicha APL 26-turidagi eng yaxshi natijani qayd etdi: u shu kuni 12 marta bu ishni uddaladi.

Oʻzbekistonlik himoyachi qatorasiga ikkinchi oʻyinda (oldingisi EChLda «Real»ga qarshi) «Siti» himoyachilari orasida eng yuqori ballni oldi:

Ikkinchi boʻlimning ikkinchi yarmi toʻligʻicha «Siti»ning ustunligida kechdi va mezbonlar deyarli har daqiqada «Liverpul» jarima maydonida keskinlik yuzaga keltirishdi. Slot Jons oʻrniga Endoni tushirib, himoyani kuchaytirdi. Yaponiyalik tayanch yarimhimoyachisisi muntazam ravishda himoya chizigʻining beshinchi vakili boʻlib oʻynadi.

Lekin «Siti» toʻpga egalik qilish boʻyicha katta ustunlikka erishganiga qaramay (66 ga 34), himoya devoridan oʻta olmadi. «Liverpul» hisobni ushlab qolish uchun oʻynadi va maydonning uchinchi qismida chuqur himoyalandi, ayrim vaziyatlarda Saloh ham himoyaga yordam berdi. Slot jamoasi taktik jihatdan moslashuvchanroq boʻlib chiqdi — «Siti» bilan taqqoslaganda ham, Klopp davridagi «Liverpul» bilan taqqoslaganda ham. Ikki gol ustunligi katta kuch sarflanmay saqlab qolindi.

Endi APL peshqadami eng yaqin ta'qibchisi «Arsenal»dan 11 ochkoga oʻzib ketgan. Amalda faqat chempionlikni rasmiylashtirishgina qolgan. «Siti» esa Chempionlar ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun ham koʻp ter toʻkishiga toʻgʻri keladi.

«Nyukasl» — «Nottinghem Forest» 4:3
Gollar
: Mayli (23), Merfi (25), Isak (33 penalti, 34) — Hadson-Odoi (6), Milenkovich (63), Yeyts (90).
«Nyukasl» — Poup, Holl, Bern, Sher, Livramento, Uillok (Tonali, 70), Bruno Gimaraes, Mayli, Gordon, Merfi (Barns, 70), Isak (Uilson, 87).
«Nottinghem Forest» — Zels, Uilyams, Murillo, Milenkovich, Ayna, Anderson (Sangare, 77), Dominges (Yeyts, 76), Gibbs-Uayt, Hadson-Odoi, Elanga, Vud.
Ogohlantirishlar: Milenkovich (45+2), Anderson (52), Livramento (55), Dominges (74), Yeyts (90+2).

Chempionlar ligasi yoʻllanmasi uchun da'vogar ikki jamoa oʻyini «Nottinghem» uchun sevimli stsenariyda boshlandi — birinchi boʻlimda gol ur va hisobga oʻyna. Ammo bu safar Nunu Eshpiritu Santuning retseptlari ish bermadi. «Nyukasl» qaysidir pallada oʻziga keldi, keyin esa «oʻrmonchilar» mudofaasining oʻng qanotini parchalab tashladi. Ammo bundagi asosiy harakatlanuvchi kuch odatdagi kabi Gordon emas, balki himoyachi Holl boʻldi, u oʻn daqiqalik benefis uyushtirdi.

Bu vaqt boshlanishida ushbu lateral hisobni tenglashtirgan Mayliga assistentlik qildi. Biroz oʻtib uning pasidan keyin rikoshet boʻlib yoʻnalishini oʻzgartirgan toʻp boʻsh darvoza qarshisida qolgan Myorfiga etib bordi. Nihoyat Hollning uzatmasidan keyin toʻp mehmonlar himoyachisining qoʻliga tegdi va monitor qarshisiga borib vaziyatni koʻrgan bosh hakam penalti belgiladi.

Isak 11 metrlik jarima zarbasini aniq ijro etib, APL tarixidagi eng yaxshi shvetsiyalik toʻpurarga aylandi. U Fredi Yungbergning natijasini yaxshiladi, keyin esa yangi plankani oʻrnatdi — 50 gol. Unga bu natijaga erishish uchun APLda 76 oʻyin etarli boʻldi. Uning gollari «Nyukasl»ning gʻalabasini ta'minladi, chunki «Nottinghem» oxirigacha kurashdi va final hushtagi chalinguniga qadar hisobni minimumgacha qisqartirdi. Jamoalarning turnir jadvallaridagi oʻrinlari (uchinchi va beshinchi) oʻzgarmay qoldi, lekin «Nyukasl» oradagi farqni uch ochkogacha qisqartirdi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport