
Lionel Messi kelasi mavsumda "Barselona" qaytishi mumkin. Bu haqda Aleks Kandal xabar qildi. Ushbu jurnalist Leoni "Inter Mayami"ga oʻtishi haqida ham birinchi boʻlib yozgan edi.
Uning ma'lum qilishicha "koʻk-anorranglilar" rahbariyati futbolchini jamoaga qaytarish imoniyatini jiddiy oʻrganmoqda. Messining asosiy maqsadi esa 2026 yilda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga yaxshi sport formasida etib borish. Bundan tashqari, 8 karra oltin toʻp sohibi "Kamp Nou" ga qaytmasdan turib faoliyatini yakunlamoqchi emas.
Messi 2023 yildan beri “Inter Mayami” safida toʻp tepmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yil dekabriga qadar amal qiladi.
Argentinalik hujumchi 2004–2021 yillar davomida “Barselona” sharafini himoya qilgan. Futbolchi Kataloniya klubi safida 778 ta oʻyinda maydonga tushib, 672 ta gol urgan va 303 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma'lumot oʻrnida, Leo joriy mavsum MLS’ning 1-tur uchrashuvida maydonga tushdi va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi. “Inter Mayami” esa dastlabki turdan soʻng 1 ochko bilan 7-oʻrindan joy oldi.
Ma'lumot uchun, 37 yoshli futbolchining Tranfermarkt portalidagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar