16:27 / 26.02.2025
335

Abduqodir Husanov “Tottenhem”ga qarshi bahsda asosiy tarkibdami?

Abduqodir Husanov “Tottenhem”ga qarshi bahsda asosiy tarkibdami?
Futbol boʻyicha Angliya chempionati 27-turidan oʻrin olgan uchrashuvlar doirasida “Manchester Siti” “Tottenhem”ga qarshi bahs olib boradi. Oʻyin bugun, 26 fevral kuni tunda boʻlib oʻtadi.

Nufuzli sport nashrlari “Manchester Siti”ning ushbu uchrashuv uchun tanlashi mumkin boʻlgan asosiy tarkibi borasida taxminlarini bildirdi.

Opta nashri Pep Gvardiola oʻyin uchun 4-2-3-1 taktikasidan foydalanadi, deya hisoblamoqda va himoyada Yoshko Gvardiol, Ruben Dias, Abduqodir Husanov va Riko Lyuis toʻrtligi oʻynashini taxmin qilmoqda. Soʻnggi bir necha bahslarni jarohat sabab oʻtkazib yuborgan Erling Holand ham safga qaytishi mumkin.

Foto: Opta
Yana bir nashr 90min ham tarkib boʻyicha oʻz taxminlarini bildirib oʻtdi. Unga koʻra “Manchester Siti” bugun London klubiga qarshi quyidagi tarkib bilan maydonga tushadi.

“Manchester Siti” (4-2-3-1) — Ederson, Levis, Husanov, Ake, Ruben Dias, Niko Gonsales, Bernardu Silva, Savinyo, Omar Marmush, Jeremi Doku, Erling Holand.

Ushbu nashr ham Abduqodir Husanov dastlabki daqiqalardan maydonga tushishini taxmin qilmoqda va oʻzbekistonlik futbolchiga quyidagicha ta'rif bergan:

“Siti” yanvarda xarid qilgan Husanov ancha yaxshi oʻyin oʻtkazmoqda. Uning debyuti bir oz omadsizroq oʻtgan boʻlsa-da, qolgan bahslarda ancha ishonchli harakat qilmoqda.

Angliyadagi yana bir nufuzli nashrlardan bir Standart.co.uk nashri ham “Tottenhem” — “Manchester Siti” uchrashuvining boshlangʻich tarkibi borasida oʻz taxminlarini bildirib oʻtdi. Oʻzbekistonlik futbolchi bugun boshlangʻich tarkibdan joy olmadi.

“Manchester Siti” (4-2-3-1) — Ederson, Levis, Dias, Ake, Gvardiol, Gonsales, Gyundoʻgʻan, Savinyo, Foden, Doku, Holand.

“Manchestercity.news” nashri ham Abduqodirni ilk daqiqalardan boshlab Londonda kechadigan markaziy bahsda maydonga tushadi deya hisoblamoqda.

Foto: Manchestercity.news
Mashhur Onefootball nashri Gvardiola bugun tunda boʻladigan uchrashuvda ilk daqiqalardan oʻynaydigan futbolchilar borasida Husanovga ishonch bildiradi deya hisoblamoqda.

“Manchester Siti” (4-2-3-1) — Ederson, Nunesh, Husanov, Ake, Gvardiol, Gonsales; Foden, De Bryuyne, Kovachich, Doku, Marmush.

“Tottenhem” hozirda 33 ochko bilan turnir jadvalida 13-oʻrinni egalab turibdi. “Manchester Siti” 44 ochko toʻplagan holda 5-pogʻonani band etgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport