
Angliya Premer-ligasi doirasida Manchester City safarda Tottenham Hotspur ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda yagona golni Erling Holand 12-daqiqada urdi. Ushbu natija Manchester City uchun muhim uch ochkoni ta’minladi va jamoani turnir jadvalining yuqori pog‘onalarida ushlab turdi.
O‘yindan so‘ng Manchester City bosh murabbiyi Pep Gvardiola yosh himoyachi Abduqodir Husanovning o‘yinidan mamnunligini bildirdi. U Husanov oldiga kelib, uni quchoqlab, maqtov so‘zlarini aytdi va birgalikda fikr almashishdi. Bu O‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun faxrli lahzalardan biri bo‘ldi, chunki dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri bo‘lgan Gvardiola yosh futbolchining o‘yinini yuqori baholadi.
Quyida ushbu videoni tomosha qilishingiz mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar