
Angliya Premer-ligasi doirasidagi bahsda Manchester City safarda Tottenham ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona golni Erling Holand 12-daqiqada kiritdi va jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
O‘yindan so‘ng Pep Gvardiola yosh himoyachi Abduqodir Husanov haqida iliq fikrlarini bildirib o‘tdi:
“U bugungi o‘yinga shunchaki futbol o‘ynash uchun keldi. Men unga gapirsam, u faqat kuladi. Uning tezligi men bir paytlar ishlagan futbolchilar darajasida”.
Bu izoh Gvardiolaning yosh o‘zbek futbolchisiga bo‘lgan ishonchi va yuksak bahosini ko‘rsatadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar