
"Manchester City" Erling "yirtqich" Holandning yagona goli evaziga "Tottenham" maydonida 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov esa 90 daqiqa davomida yuqori saviyali o‘yin namoyish etib, jamoasi mudofaasini bir necha bor "tozaladi".
Statistik baholar:
FlashScore – 7.2 ball
SofaScore – 7.1 ball
Qiziq fakt: Bugungi o‘yinda raqib bo‘lgan Husanov va Danso avvalroq "Lens" jamoasi himoyasida yonma-yon o‘ynagan. Husanov ko‘p narsani aynan avstriyalik himoyachidan o‘rgangan va Danso doimo uni qo‘llab-quvvatlagan. Shu sababli, Husanov uchrashuv yakunida aynan u bilan libos almashgani bejiz emas.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar