07:27 / 27.02.2025
246

Gvardiola "Tottenxem" bilan o‘yindan so‘ng Abduqodir Husanovni rosa maqtadi!

Gvardiola "Tottenxem" bilan o‘yindan so‘ng Abduqodir Husanovni rosa maqtadi!
"Manchester Siti" "Tottenxem"ni mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng "Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardioladan Husanov haqida so‘rashdi. Pep esa ushbu vaziyatda 20 yoshli himoyachi manziliga iliq so‘zlarni bildirdi.

"Menga yong yoqqan narsa - Husanov allaqachon kiyinish xonasining yoqimtoyiga aylangan. U bugungi o‘yinga tish cho‘tkasi va boshqa narsalar turadigan maxsus sumkasiz, shunchaki futbol o‘ynash uchun keldi. Siz unga gapirgan paytingiz, u faqat kulib turadi.

Ammo u juda ishonchli o‘yinchi, juda tez, o‘ta epchil, to‘p bilan bergan paslarining sifati juda yuqori. U liniyalarni yorib o‘ta olyapti, ushbu qobiliyat unda bor. Albatta, u yaxshilashi kerak bo‘lgan jihatlar bor, ammo u endigina 20 yosh. Juda katta tezlikka ega o‘yinchilarni ko‘rganman, Abduqodir shundaylardan biri.

Odamlar uni olqishlashmoqda. U kamgap, tinmay ishlaydi, nolimaydi, kamtar. "Siti" muxlislari uni juda yaxshi ko‘rib qolishlariga shubham yo‘q. "Chelsi"ga qarshi o‘yindan keyin o‘zini tiklab olish oson emasdi, ammo u o‘sha kundan boshlab o‘ta bosiqlik ko‘rsatdi. Oxirgi o‘yinlarda Husanovning ko‘rsatgan o‘yini juda juda ajoyib bo‘ldi", -deydi Pep Gvardiola.

Manba: City XTRA

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport