
22 fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Riyadh Season doirasidagi navbatdagi boks musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Turnirning asosiy jangi Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev o‘rtasida o‘tkazildi. 12 raund davom etgan jangda asli qirg‘izistonlik bo‘lgan Bivol ochkolar hisobiga Beterbiyevni mag‘lub etib, yarimog‘ir vazn toifasida mutlaq chempionga aylangandi.

Foto: Pancher
Ushbu turnir doirasida super o‘rta vazn toifasida WBC Interim kamari uchun jang qilgan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov amerikalik Virjil Ortisga ochkolar hisobiga mag‘lub bo‘ldi.
Kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali mazkur musobaqada sportchilar qancha pul ishlab topgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Unga ko‘ra, Madrimov mazkur turnirda 800 ming dollar qo‘lga kiritgan bo‘lsa, o‘z kamarini saqlab qolgan Virjil Ortis es 2 million dollar egasiga aylandi. Eng katta gonararni asosiy jang egalari Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev olgan (10 mln dollar).
To‘liq ro‘yxat:
- Bivol — 10 mln dollar;
- Beterbiyev — 10 mln dollar;
- Parker — 2 mln dollar;
- Bakole — 600 000 dollar;
- Ortis — 2 mln dollar;
- Madrimov — 800 000 dollar;
- Stivenson — 2,1 mln dollar;
- Pedli — 500 000 dollar;
- Adames — 1,2 mln dollar;
- Shiraz — 800 000 dollar;
- Chan - 2,5 mln dollar;
- Kabayel — 1,2 mln dollar;
- Buatsi — 550 000 dollar;
- Smit — 660 000 dollar.
Ma’lumot uchun, hozirga qadar 29 yoshli hozirgacha Isroil Madrimov 13 ta jang o‘tkazib, 10 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar